Jamiyat

Koronavirus tikanlari qanday boʻladi - yuqori aniqlikdagi surat

© AFP / HANDOUTShipы koronavirusa
Shipы koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Stenford universitetidagi SLAC laboratoriyasi olimlari koronavirus oqsil tikanlarining birinchi yuqori aniqlikdagi suratlarini chop etishdi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Stenford universitetidagi SLAC laboratoriyasi olimlari koronavirus oqsil tikanlarining birinchi yuqori aniqlikdagi suratlarini chop etishdi.

"Koronaviruslar tikanlar yordamida organizmga yuqadi, tikanlar hujayralardagi retseptorlari bilan bogʻlanadi. Virus juda faol va uni oʻrganish uchun xodimlarning xavfsizligini taʼminlaydigan bir nechta laboratoriyalar mavjud", - deyilgan xabarda.

Mutaxassislar koronavirus tikanini suratga olish uchun yengilroq NL63 shtammidan foydalandilar. Komponentlarning tabiiy joylashishini buzmaslik uchun ular viruslarni muzlatib qoʻydilar va elektromagnit uskuna yordamida minglab surat oldilar va keyinchalik ularni birlashtirdilar.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oy boshida Saudiya Arabistoni podshohi Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala