Jamiyat

Poytaxtda muhtasham bosh archa oʻrnatildi

Yangi yil bayram tadbirlarini koʻtarinki ruhda tashkil etish, aholimizga madaniy xordiq uchun sharoitlar yaratish maqsadida muhtasham archa oʻrnatildi va bolajonlar uchun oʻyingohlari ishga tushirildi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. 20 dekabrdan Toshkentning Istiqlol koʻchasida (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) muhtasham archa oʻrnatildi va bolajonlar uchun oʻyingohlari ishga tushirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qor qiz. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Toshkent Yangi yilga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda - foto

Eʼtiborli jihati, bu yil archada musiqa sadolari ostida tovlanuvchi chiroqlarni emas, balki RGB ekranda qiziqarli namoyishlarni koʻrish mumkin.

Taʼkidlanishicha, maydon esa oq va koʻk rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida kontsertlar, shou dasturlar va tsirk namoyishlarini koʻrish mumkin boʻladi.

Bayram tadbirlari 2021 yilning 10 yanvariga qadar har kuni soat 10:00dan kechki 22:00 gacha davom etadi.

Hokimlik bayram tadbirlarida karantin qoidalariga rioya qilishni unutmaslik zarurligini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala