Rossiya elchisi: O‘zbekiston YeOIIga a’zoligi - mustaqillik yo‘qotilishiga olib kelmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOIIga a’zoligi - mustaqillik yo‘qotilishiga olib kelmaydi - Rossiya elchisi Vladimir Turdenev.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zoligi - mustaqillik yo‘qotilishiga olib kelmaydi, deb aytdi Rossiya elchisi Vladimir Turdenev Toshkentda o‘tkazilgan yillik matbuot anjumanida. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

“Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rganimizda, O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganiga  “Mustaqillik – alvido” degan reaksiya. Bu kulgili. YeOIIga a’zo bo‘lgan hech qaysi davlat o‘z mustaqilligini yo‘qotmadi. Ular ko‘proq imkoniyatlarni olishdi. Chunki, bu ma’lum bir ishtirokchining miqyosiga qaramay, hamma uchun bir xil bo‘lgan teng huquqli ittifoq", - dedi Rossiya elchisi.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomini olishi juda muhim qadam.

"O‘ylaymanki, hozir bu qadam juda muhim, lekin bu qo‘shilish yo‘lidagi birinchi qadam. Vaqt kerak bo‘ladi. O‘zbekiston va YeOII a’zo-davlatlariga ham vaqt zarur. Negaki, YeOII bu faqat Rossiya emas, bu - Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston. Ular o‘z iqtisodiy sharoitlarga ega.

Qirg‘iziston YeOIIga qo‘shilganda, uni iqtisodiyot darajasi jihatidan O‘zbekiston bilan taqqoslash murakkab. Demak, bu bosqichda tomonlarning har bir hammaga foydali bo‘lishi uchun bunday integratsiyadan nimani olishini aniq tushunib olishi kerak”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya diplomati.

Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomiga ega bo‘ldi.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston YeOIIga a’zo.

2020 yilda Belarus Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raislik qilmoqda. Moldova 2018-yil may oyidan boshlab YeOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0