Jamiyat

Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga 56 nafar jinoiy ish figurantlarini joʻnatdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishGerb na ograde u zdaniya Generalnoy prokuraturы Rossii
Gerb na ograde u zdaniya Generalnoy prokuraturы Rossii  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatdi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Rossiya bosh prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining odam oʻldirishga suiqasd qilish, bosqinchilik, oʻgʻrilik va boshqa jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun fuqarolarni topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovi qanoatlantirilgan.

“Bugun Novosibirsk aeroportida epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha zaruriy xavfsizlik choralariga rioya qilib, 56 nafar fuqaroni vataniga topshirish amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Koronavirus tarqalishi tufayli ularni vataniga topshirishda alohida choralar koʻrilgan. Oʻzbekiston tomoni ularni olib ketish uchun maxsus aviareys joʻnatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala