Vasserman 2021-yil qanday bo‘lishini bashorat qildi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tish Anatoliy Vasserman
 Anatoliy Vasserman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z yakuniga yetayotgan 2020-yil qanday bo‘ldi? Yaqinlashib kelayotgan 2021-yil qanday bo‘ladi? Ushbu masalada siyosiy maslahatchi, publitsist Anatoliy Vasserman o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘z yakuniga yetayotgan yil kamdan-kam uchraydigan dahshatli bo‘ldi, shu sababli ham, 2021-yilda vaziyat yanada yomonlashishi ehtimoli, mening fikrimcha, juda kam. Bu yil butun insoniyat ko‘p narsalarni o‘rgandi. Yangi yilda bu saboqlarni hisobga olish imkoniyati mavjud", - deydi Vasserman.

Vanga - Sputnik O‘zbekiston
Vanga 2021-yil uchun nimalarni bashorat qilgan - OAV

COVID-19 pandemiyasi shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy aloqalar va texnologik zanjirlarning katta qismi bir davlat ichida birlashishi kerak, deydi Vasserman. Bu mamlakat ichidagi karantin "butun dunyoning iqtisodiy falajiga" olib kelmasligi uchun zarur.

AQSh prezidenti Donald Tramp - tor ixtisoslashuv tizimini faol ravishda yo‘q qilishga harakat qilganlardan biri bo‘lgan.

Biroq, u o‘z maqsadlarini ko‘zlagan edi, bundan tashqari, ishni oxirigacha yetkazishga muvaffaq bo‘lmadi. 

Tor ixtisoslashuv tizimi o‘ta xavfli, shuning uchun 2021-yilda uni demontaj qilish "AQSh rahbariyatining pozitsiyasidan qat’i nazar" davom etishiga umid qilish mumkin, deb ta’kidlaydi Vasserman.

"Umid qilamanki, birdaniga bir nechta vaksinalarning muomalaga kiritilishi pandemiyani to‘xtatish va kelgusi yil davomida karantinlarni bekor qilish imkonini beradi. Bu shuni anglatadiki, global iqtisodiy inqiroz ham pasayadi", - deydi tahlilchi.

Siyosat masalasiga kelsak, bu yerda Vasserman "AQShning keskin zaiflashishi boshqa mamlakatlarga o‘z suverenitetlarini tiklashga imkon beradi" deya umid qildi.

Yangiliklar lentasi
0