Dunyoda

Qozogʻistonda Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi

© Ofitsialnыy sayt premyer-ministra KazaxstanaV Kazaxstane nachato proizvodstvo vaktsinы "Sputnik V"
V Kazaxstane nachato proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakat bosh vaziri Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi bilan ommaviy emlash 2021 yil fevralida boshlanishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Qozogʻistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Proizvodstvo vaktsinы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Xitoy vaktsinasi sinovlari boshlandi: birinchi boʻlib kimlar emlandi

Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Qaragʻanda farmatsevt majmuasiga tashrif buyurib, “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni yoʻl qoʻyishni boshlab berdi.

Vaktsina Qozogʻiston va Rossiya rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin oʻrtasidagi erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur majmuada bosqichma-bosqich 2 million doza vaktsina ishlab chiqariladi.

“Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasi bilan ommaviy emlash 2021 yil fevralida boshlanadi”, - dedi Asqar Mamin.

Uning soʻzlariga koʻra, birinchi navbatda ixtiyoriy ravishda tibbiyot xodimlari, pedagoglar, talabalar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda surunkali kasalliklari bor xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston dunyoda birinchilardan boʻlib roʻyxatga oolingan koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishga hozirlik koʻrayotgani xabar qilingan edi.

Oʻzbekistonga ham COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaktsinasi namunalarini olib kelingan. Namunalar ular sinovlardan oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan soʻng vaktsina roʻyxatdan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala