Video

"Biz tayyor edik" - Qaragʻandada “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi

Qaragʻanda Farmatsevtika Majmuasida bosqichma-bosqich ravishda 2 million doza vaktsina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

"Qaragʻanda Farmatsevtika majmuasida" 21 dekabrdan boshlab “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi. Tantanali marosimda ishtirok etish uchun Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Qaragʻanda farmatsevt majmuasiga tashrif buyurdi. 

"Biz Qozogʻistondagi ishlab chiqaruvchilar orasida vaktsina ishlab chiqarishga eng tayyor korxona ekanmiz. Vaktsina - bu biotexnologik mahsulotdir. Bizning uskunalarimiz ham, mutaxassislarimiz ham uni ishlab chiqarishga tayyor", - dedi Qaragʻanda Farmatsevtika majmuasi direktori Sergey Baron.  

Eslatib oʻtamiz, ushbu vaktsina Qozogʻiston va Rossiya rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin oʻrtasidagi erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqarilmoqda.

Korxona quvvati oyiga 300 ming dozani tashkil qiladi. Majmuada bosqichma-bosqich ravishda 2 million doza vaktsina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Qozogʻistonda ommaviy emlash 2021 yil fevralida boshlanishini maʼlum qildi. Birinchi navbatda ixtiyoriy ravishda tibbiyot xodimlari, pedagoglar, talabalar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda surunkali kasalliklari bor xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala