Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi mutatsiyasi dunyoni sarosimaga solmoqda

© REUTERS / Hannah MckayPara v zashitnix maskax u stansii metro Hammersmith v Londone
Para v zashitnix maskax u stansii metro Hammersmith v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi shtamm odatiyga nisbatan tezroq tarqaladi. Yevropaliklar o‘z chegaralarini yopmoqdalar. Virusning yangi mutatsiyasi haqida nimalar ma’lumligi haqida hikoya qilamiz

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 yangi mutatsiyasi aniqlandi. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson bayonotiga ko‘ra, yangi shtamm juda katta tezlikda tarqalmoqda va aholidan katta ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Samoleti aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qator davlatlar bilan xalqaro aviareyslarni to‘xtatmoqda

Xususan, 14-dekabr kuni Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok olimlar mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan turini aniqlashgani haqida xabar qilgan edi.  O‘sha vaqtda Qirollik janubida yangi shtamm bilan bemorlanganlar soni mingtaga yaqin bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan edi.

19 dekabr kuni shoshilinch tashkil etilgan matbuot-anjumanida bosh vazir Boris Djonson SARS-CoV-2ning yangi shtammi — kasallikning dastlabki variantiga nisbatan 70% yuqumliroqligini ma’lum qilgandi.

Hukumat maslahatchisi ser Patrik Vallan so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yangi turi oldingisiga nisbatan 23 ta farqga hamda katta tezlikda tarqalish xususiyatiga ega.

Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

20 dekabr kuni Boris Jonson London va Britaniyada janubida cheklov choralari kuchaytirilishi haqida e’lon qilgan edi.

Yangi shtamm Buyuk Britaniyada paydo bo‘lganmi yoki chetdan olib kirilganmi, hozircha ma’lumotlar aniq emas. Ammo virusning yangi mutatsiyasini Daniya, Niderlandlar va Avstraliyada aniqlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada tarqalgan koronavirusning yangi shtammlari to‘g‘risidagi xabarlar fonida O‘zbekiston ayrim davlatlar bilan xalqaro reyslarni to‘xtatdi.

Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, joriy yil 21-dekabr sanasidan 2021-yil 10-yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi.

Shipi koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tikanlari qanday bo‘ladi - yuqori aniqlikdagi surat

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekistonga kiritilmasligi belgilandi.

Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qo‘yildi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

O‘z navbatida Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarimizning o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘ini asrab-avaylash maqsadida kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib olish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0