Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada boshqa birorta davlatda bo‘lmagan qurol paydo bo‘ldi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaning istiqbolli raketa majmualariga gipertovushli "Avangard" bloklari o‘rnatiladi, deb bayonot qildi davlat rahbari Vladimir Putin RF Mudofaa vazirligi xay’ati yig‘ilishi davomida.

Dejurniy boyevoy post RVSN - Sputnik O‘zbekiston
Tajovuzkorlarga shama: Rossiya o‘z qasos quroli jangovar shayligini tekshirib ko‘rdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mutaxassislar eng yangi jangovar texnikani "Stilet" raketalaridan ko‘chirishni rejalashtirishmoqda.

"Bizda dunyoda boshqa hech kimda yo‘q qurol paydo bo‘ldi. Bunda, albatta, birinchi galda gipertovushli qurol nazarda tutilmoqda", - dedi Putin.

Rossiya yetakchisi mamlakat Qurolli kuchlari boshqa xorijiy davlatlardan ortda qolishi kerak emasligini aytdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, RF "bir qadam oldinda" harakatlanmog‘i lozim.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya Mudofaa vazirligi "Avangard" tezligi haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, raketa majmuasining gipertovushli bloki 28 Maxgacha tezlikni oladi. 

Yer sathida 1 Max taxminan soniyasiga 340 metrga teng, 28 Max esa - soniyasiga 7,5 kilometrga.

Taxminlarga ko‘ra, "Avangard" jangovar bloklari yangi "Sarmat" mintaqalararo ballistik raketalariga o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0