Analitika

"Doʻst boshga kulfat tushganda bilinadi": Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari Tyurdenev nigohida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosol RF v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev 21 dekabr kuni yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot-anjumanini oʻtkazdi. Elchi bilan boʻlib oʻtgan asosiy tezislar bizning materialimizda

TOSHKENT, 22 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida kuni kecha, 21 dekabr kuni, Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenevning mahalliy va xorijiy OAV vakillari bilan yakuniy matbuot-anjumani oʻtkazildi.

Studentы na lektsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliygohlaridagi kvotalar koʻpaytiriladi

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi va Rossotrudnichestvo vakolatxonasi vakillarining oʻzbek ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan Yangi yil arafasidagi uchrashuvi allaqachon anʼanaga aylangan. Bunday uchrashuvlarda tugab borayotgan yil yakunlariga toʻxtalib, Rossiya-Oʻzbekiston oʻrtasida yil davomida roʻy bergan eng yorqin voqealar muhokama qilinadi va jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin boʻladi. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, ushbu anʼanaga bu safar ham sodiq qolindi.

"Doʻst boshga kulfat tushganda bilinadi"

Elchining taʼkidlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oliy darajadagi doʻstona, samimiy muloqot barcha yoʻnalishlarda: siyosatdan tortib, iqtisodgacha, energetika sohasidan madaniy sohalarda keng formatda ikkiyoqlama hamkorlikni rivojlantirishga kuch bermoqda. Hatto jahonda avj olgan pandemiya ham ikki davlat oʻz prezidentlari tomonidan strategik sheriklikni kuchaytirish va ikki yoqlama aloqalarni maksimal diversifikatsiya qilish borasida belgilab olingan yoʻldan qaytmadilar.

Rossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamyatin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyalik reanimatolog: Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi

Aksincha, umumiy kulfat tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi qardosh aloqalar yanada koʻzga tashlandi. Rossiya eng birinchi boʻlib Oʻzbekistonga koronavirusni diagnostika qiluvchi test-tizimlarini mutlaqo begʻaraz asoslarda yetkazib berdi, rossiyalik shifokorlar va Rospotrebnadzor mutaxassislari esa "qizil zonalarda" oʻzbek hamkasblari bilan yelkama-yelka turib fidokorona mehnat qildilar va kasalxonalar hamda respublika klinikalaridagi insonlar hayotini saqlab qolish uchun kurashdilar.

Ammo bu bir tomonlama yoʻl emasdi. Toshkent ham ikkala davlat uchun murakkab bir sharoitda Moskvaga individual himoya vositalari ortilgan bir nechta partiya insonparvarlik yordamini berib yubordi. Rossiya elchisi shularni yodga olar ekan, Oʻzbekiston tomoniga bu uchun yana bir karra minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi nega ortga surildi?

Tyurdenevning maʼlum qilishicha, pandemiya tufayli qator muhim tadbirlar: xususan, prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga va bosh vazir Abdulla Aripovning Moskvaga rejalashtirilgan davlat tashriflarini ortga surilgan. Aripov tashrifi davomida qoʻshma komissiyaning ikkiyoqlama hamkorlik boʻyicha 2-yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilgan edi.

Rossiyskiye vrachi pribыli v Uzbekistan dlya pomoщi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

"Boshqa tomondan olib qaraganda, bu bizga ushbu tadbirlar davomida imzolanishi koʻzda tutilgan keng koʻlamdagi hujjatlar paketi ustida yanada sinchkovlik bilan ishlash imkoniyatini yaratadi", - deb taʼkidladi Rossiya elchisi.

Ammo shunday ogʻir sharoitlarda ham ikki davlat rahbarlari yuzma-yuz uchrashish imkoniyatini topdilar - 24 iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligini xotirlash uchun Qizil maydonda boʻlib oʻtgan harbiy paradda qatnashdi.

Oʻzbekistonning gʻalabaga qoʻshgan hissasi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonning buyuk gʻalabaga qoʻshgan hissasi

"Albatta, Buyuk Gʻalaba yubileyi bu yil xalqlarimizni birlashtirgan eng muhim rishta boʻldi. Moskvadagi uchrashuvda Shavkat Miromonovich Vladimir Vladimirovichni 9 may kuni Toshkentda ochilgan, Oʻzbekiston prezidentining sovet xalqi xizmatiga boʻlgan chuqur shaxsiy munosabatini aks ettiruvchi muhtasham Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurishga taklif etdi. Yodgorlik majmuasi ekspozitsiyasi bilan tanishish sharafiga muyassar boʻldim va tan olaman, u menda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Meni nazdimda, yangi bogʻ, eng avvalo yosh avlod uchun - vijdonga muvofiq yashash, haqiqat va adolat choʻqqisini saqlash, bu qadriyatlarni oʻz farzandlari va nabiralariga yetkazishda oriyentir boʻlib xizmat qiladi", - dedi Tyurdenev.

YEOII: chuqurroq fikrlash fursati keldi

11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti davomida Oʻzbekistonga tashkilotda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi mamlakat hayotida muhim voqeaga aylandi. Diplomat Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi maqomida qoʻshilishiga izoh berar ekan, skeptiklar havotirlarini yoʻqqa chiqardi.

Biznes-posol Delovoy Rossii, eksportnыy torgovыy sovetnik AO Rossiyskiy Eksportnыy Tsentr Mixail Panchenkov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ekspert: YEOIIda kuzatuvchi maqomi – bu oʻzbek biznesi uchun signal

Elchi taʼkidiga koʻra, kuzatuvchilik maqomi bu oʻtish davri boʻlib, mamlakatga istiqboldagi integrallashuv boʻyicha pozitsiyasiga aniqlik kiritib olish va ijobiy qaror qabul qilinadigan taqdirda, unga tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.

Tyurdenevning aytishicha, kuzatuvchi maqomida Oʻzbekiston ittifoqning toʻlaqonli aʼzolari ega boʻlgan birorta imtiyozga ega boʻlmasa-da, ammo bu Toshkentga YEOIIni ichki tomondan oʻz iqtisodiyoti uchun birorta majburiyat yoki xatarlarsiz oʻrganish uchun koʻproq imkoniyat beradi.

"Ha, respublikada ovoz berish huquqi yoʻq, xuddi savdo imtiyozlari boʻlmagani singari. Ammo mamlakat uchun oʻz iqtisodiyotiga zararlar ham yoʻq bunda. Bu oʻz tanloviga yanada sinchkovlik bilan qarash va oʻz tanlovini amalga oshirish uchun imkoniyat. Ammo, agar vaziyatga baho beradigan boʻlsak, Oʻzbekistonning asosiy tovar aylanmasi aynan YEOII davlatlarida mujassamlashgan, muhim trasport magistrallari Ittifoq hududidan oʻtadi, migratsiya masalasi haqida esa gapirmasa ham boʻladi. Ammo, nima boʻlgan taqdirda ham bu tezkor jarayon emas, bu shunchaki birinchi qadam", - deb taʼkidladi Tyurdenev YEOIIga kuzatuvchi sifatida qoʻshilish Oʻzbekistonga qanday imtiyozlar beradi, degan savolga javoban.

Na peresechenii ulits Mirzo Ulugbeka i Maxtumkuli v Tashkente ustanovili gosudarstvennыy flag Uzbekistana   - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev mustaqillikning 30 yilligiga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida qarorni imzoladi

Diplomat shuningdek, ushbu voqeadan keyin ayrim skeptiklar tomonidan "YEOIIga integrallashuvdan soʻng mustaqillik boy beriladi", deya bildirilgan gap-soʻzlar real koʻrsatkichlar fonida juda kulgili ekanligini qoʻshimcha qildi.

"Ittifoqqa qoʻshilgan birorta davlat oʻz mustaqilligini yoʻqotmagan, boy bermagan, aksincha, u yanada koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlgan. Bundan tashqari, bu tenghuquqli ittifoq boʻlib, u yoki bu ishtirokchining koʻlamidan qatʼi nazar barcha uchun shartlar barobardir", - deb qoʻshimcha qildi Vladimir Tyurdenev.

Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
YEOIIda kuzatuchi maqomi isteʼmolchilarga nima beradi?

Na Rossiya, na YEOIIning boshqa aʼzolari yangi aʼzolarning integrallashuvi ularning iqtisodiyoti va ishlab-chiqarish jarayonlariga u yoki bu tarzda salbiy taʼsir koʻrsatishidan manfaatdor emas, deya ishontirdi diplomat. Bu singari mintaqaviy loyihalarga qoʻshilish - ittifoq aʼzolari ongli ravishda amalga oshiradigan murosalar majmuidir.

"Xususan, YEOII - bu faqatgina Rossiya emas, balki oʻz iqtisodiy shartlariga ega boʻlgan yana bir nechta davlatlardir. Deylik, Qirgʻizistonni oladigan boʻlsak, u YEOIIga qoʻshilganda, uning iqtisodiyoti darajasini Oʻzbekiston bilan taqqoslash ancha mushkul edi. Demak, bu bosqichda hamma bir narsani: yaʼni har qaysi tomon manfaat koʻrishi kerak boʻlgan bunday integrallashuvdan nima olishlari mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega boʻlishlari kerak", - deya xulosa qildi Tyurdenev.

Oʻzbekiston va rus tili: yoshlar orasida qiziqish tobora ortmoqda

Oʻzbekistonlik talabalar - Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan yoshlar orasida yetakchi oʻrinlarni egallamoqda. Ularning soni bugun 30 mingdan oshgan. Oʻtgan saralash kampaniyasida hukumat tomonidan berilgan 228 oʻrinli kvotalarga 4 000 dan ortiq kishi daʼvogarlik qilgan, bu esa kvotalar soni koʻpaytirilishi lozimligiga ishora qilmoqda. Hozirgi kunda ushbu yoʻnalishda ishlar olib borilmoqda, dedi Tyurdenev.

Shaxzod Shaymardanov (v tsentre) na vruchenii krayevoy imennoy stipendii v gubernatorom Krasnoyarskogo kraya Aleksandrom Ussom (sleva) i predsedatelem Zakonodatelnogo sobraniya kraya Dmitriyem Sviridovыm (sprava) - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ilm izlab Rossiya sari: pandemiya universitetda oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi

Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda Rossiya oliy taʼlim muassasalari filiallari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. M.V.Lomonosov nomidagi MDU, G.V.Plexanov RIU, I.M.Gubkin nomidagi neft va gaz RDU, MIFI, MISiS, MGIMO va boshqa taniqli Rossiya OTMlari qatori yaqinda A.I.Gertsen nomidagi PDU va Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti vakolatxonasi bilan kengaydi.

Rossiya taʼlimi ommalashuvi bilan bir qatorda Oʻzbekistonda rus tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish ham tobora ortmoqda.

"Shu munosabat bilan rus tilida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli "Klass" loyihasining boshlanishini juda dolzarb loyiha deb bilaman. U Rossiya Taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamkorlikdagi harakatlari va rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning "Sanʼat, fan, sport" xayriya fondi moliyaviy qoʻllab-quvvatlovi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida rossiyalik mutaxassislarning ilk guruhi respublikaning 14 ta regionida pedagoglarni va oʻquvchilarni dastlabki sinovlardan oʻtkazdilar", - dedi Tyurdenev.

2021 yildan boshlab rossiyalik oʻqituvchilar guruhlari (yiliga 100 kishidan) Oʻzbekiston maktablariga muntazam ravishda yuboriladi. Loyiha doirasida jami 30 ming mahalliy pedagoglar turli shakldagi oʻquvlardan oʻtadilar.

Tilni bilish borasida toʻsiqlarning mavjud emasligi ilm-fan sohasida hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ochadi.

Rossiya va Oʻzbekiston yosh olimlarining 15 ta tasdiqlangan yoʻnalish boʻyicha qoʻshma tadqiqotlari dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash jarayoni yakuniy bosqichda turibdi. Kosmik makonni tinch maqsadlarda oʻrganish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim matnini kelishish boʻyicha ishlar yakunlangan. Hujjat yaqin istiqbolda oliy darajada boʻlib oʻtadigan uchrashuvlar vaqtida imzolanishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala