Fotosuratlar ishqibozi sharshara oldida selfi qilayotib, halok bo‘ldi

CC0 / Unsplash / Daniel Welsh / Vodopad. Illyustrativnoe foto
Vodopad. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fojia mamlakat janubida yuz bergan. 22 yashar Gilyerme Chyapetti Kashueyra-da-Onsa sharsharasi tepaligida suratga tushayotib, sirpanib ketgan va deyarli o‘n metr balandlikdan toshlarga qulagan

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Braziliyalik fuqaro selfi tushaman deb, sharshara cho‘qqisidan pastga tushib ketgan va halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy Bemparana nashri xabar bermoqda.

Kandidat v prezidenti SShA Donald Tramp vo vremya selfi so storonnitsey, 2016 god  - Sputnik O‘zbekiston
Kelinlar qurshovidagi Putin va Tramp bo‘sasi: siyosatchilarning mashhur selfilari

Fojia mamlakat janubida yuz bergan. 22 yashar Gilyerme Chyapetti Kashueyra-da-Onsa sharsharasi cho‘qqisida suratga tushayotib, sirpanib ketgan va deyarli o‘n metr balandlikdan toshlarga qulab tushgan.

Yigit bosh-miya va ko‘plab sinish jarohatlarini olgan, do‘stlari unga birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar esa jabrdiydani kasalxonaga yetkazgan. Ammo Chyapetti koma holatiga tushgan va tez orada o‘ziga kelmagan holda vafot etgan.

Halok bo‘lgan yigitning otasi o‘g‘li fotosuratlar ishqibozi bo‘lganligi, o‘sha mash’um sharsharada ham ko‘p bora bo‘lib, suratga tushganligi haqida so‘zlab bergan.

Yangiliklar lentasi
0