Oʻzbekistonda kimlar birinchi navbatda vaktsinatsiya qilinadi - Nurmat Atabekov izohi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishVaktsina ot CoVID-19 "Gam-KOVID-Vak"
Vaktsina ot CoVID-19 Gam-KOVID-Vak - Sputnik Oʻzbekiston
Vaktsina Oʻzbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori boʻlgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, bogʻchalar tarbiyachilari emlanadi

TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi galda 65 yoshdan yuqori boʻlgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, bogʻchalar tarbiyachilari emlanadi, deb maʼlum qildi "Oʻzbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʻining oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov.

Yejegodnaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Rossiya vaktsinasini xavfsiz va samarali deb atadi

Atabekovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaktsina soʻrab murojaat qilgan.  Oʻzbekiston arizasi qabul qilingan.

"Modomiki qaysidir vaktsina Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u Oʻzbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori boʻlgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, bogʻchalar tarbiyachilari emlanadi", - degan Atabekov.

Sal oldin Oʻzbekiston va Rossiya Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolagani haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan, dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan boʻlgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala