Rossiya Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli YeI sanksiyalariga javob qaytaradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID Rossii.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli Yevropa Ittifoqi sansiyalariga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan YeIga a’zo mamlakatlar vakillari ro‘yxatini kengaytiradi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskva Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli kiritilgan sanksiyalarga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar vakillari ro‘yxatini kengaytiradi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi

“...O‘zaro tamoyillar asosida Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi taqiqlangan YeIga a’zo mamlakatlar vakillarining javob ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya TIV kengaytirilgan ro‘yxatga Yevroittifoq doirasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga aloqadorlar kiritilishini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, rossiyaliklarga qarshi sanksiya kiritish tashabbuskorlari ularning Navalniy bilan bog‘liq hodisaga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni na Rossiya tomoniga, na YeIning boshqa a’zolariga taqdim etishgan.

Rossiya tashqi siyosiy idorasi G‘arb mamlakatlari tomonidan tashlangan nodo‘stona qadam o‘zining munosib javobini olishini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0