Rossiya

“Rossiya temir yoʻllari” oʻzbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoщi na Mejdunarodnoy vыstavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoщi na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar Oʻzbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. “Rossiya temir yoʻllari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar, kontreylerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar Oʻzbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari”  va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilning 1 iyulidan 31 oktyabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yoʻllari stantsiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktyabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stantsiyalariga 3 ming kilometrgacha boʻlgan temir yoʻl masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Rosselxoznadzor” va “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi tomonidan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida Oʻzbekiston pomidori va qalampirini Rossiyaga olib kirish uchun qoʻyilgan vaqtinchalik taqiq 18 dekabrdan qisman bekor qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala