“Rossiya temir yo‘llari” o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoshi na Mejdunarodnoy vistavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar O‘zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. “Rossiya temir yo‘llari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar, kontreylerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar O‘zbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”  va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, 2021-yilning 1-iyulidan 31-oktabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yo‘llari stansiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stansiyalariga 3 ming kilometrgacha bo‘lgan temir yo‘l masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Rosselxoznadzor” va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston pomidori va qalampirini Rossiyaga olib kirish uchun qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq 18-dekabrdan qisman bekor qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0