Hodisalar

Samarqandda yarim yalangʻoch boʻlib “Kaptiva” yoʻlini toʻsgan erkakning shaxsi aniqlandi

© Telegram"Sbivay menya, sbivay": v Samarkande polugolыy mujchina perekrыl dorogu - video
Sbivay menya, sbivay: v Samarkande polugolыy mujchina perekrыl dorogu - video - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda kiyimsiz erkak yoʻl oʻrtasida “Kaptiva”ning yoʻlini toʻsgani aks etgan video tarqalgan edi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Samarqandda yoʻlning qoq oʻrtasida yarim yalangʻoch boʻlib “Kaptiva” yoʻlini toʻsgan erkakka nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani Mironqul MFYda yashovchi 25 yoshli S.B. sodir etgani aniqlangan. U mast holatda boʻlgan.

Unga nisbatan Oʻzbekiston MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani maʼmuriy ishlar boʻyicha sudiga yuborilgan.

Shuningdek, fuqaroning oʻzi bilan bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala