Jamiyat

Toshkent hokimligi noodatiy ekskursiyaga taklif qildi

28-30 dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik muzeyida “Muzeyda tun” oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. 28-30 dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik muzeyida “Muzeyda tun” oʻtkaziladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, sanʼat ixlosmandlari kechki paytda oʻtkaziladigan noodatiy ekskursiya hamda “Askiya”, “Kelin salom”, “Alla” kabi milliy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

"Karantin cheklovlari inobatga olinadi. Oʻzingiz bilan koʻchma yoritish manbasini olib kelish tavsiya etiladi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala