O‘zbekistonga kirib kelayotganlar COVIDga ekspress-test topshiradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning aeroport, temir yo‘l chegara punktlarida kirib keluvchi fuqarolar o‘z hisobidan ekspress-test topshirish amalga oshiriladi.

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Kelayotgan juma kuni - 25-dekabrdan boshlab O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha fuqarolar koronavirusga ekspress-test topshirishni boshlaydi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi xabar qilmoqda.

"Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 25-dekabrdan e’tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0