Jamiyat

Kam daromadli fuqarolar uy-joy sotib olishi uchun necha pul subsidiya berilgani maʼlum boʻldi

© UzA / Abu Bakir Urozov, Sarvar UrmonovNovыe doma v Sergeliyskom rayone
Novыe doma v Sergeliyskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yil davomida kam daromadli fuqarolardan ipoteka krediti olishi uchun jami 40 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. 2020 yilning soʻnggi 10 oyida Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar tomonidan ipoteka krediti olish uchun 15 mingdan ortiq subsidiyalar ajratilgan. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi xabar qilmoqda. 

Maʼlum boʻlishicha yil davomida uy joy olish maqsadida subsidiya ajratish uchun jami 40527 dona ariza kelib tushgan. Vazirlik maxsus komissiyasi tomonidan ulardan 15 285 tasi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan. 

Shu kunga qadar 2403 nafar kishiga 59 millard soʻmdan ortiq subsidiyalar toʻlab berilgan. 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar uy joy olishi uchun subsidiyalar toʻlab berish haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yilning 25 martida "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlar tartibi toʻgʻrisidagi nizomi" qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala