Kamilov va Lavrov hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qildi

© MID UzbekistanaLavrov vstretilsya s Kamilovim v Moskve
Lavrov vstretilsya s Kamilovim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollarni muhokama qildi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga amaliy tashrifi doirasida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashinildi.

Muloqotda bo‘lib o‘tajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi natijalari hamda O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollar muhokama qilindi”, - deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0