Siyosat

Lavrov AQShning Rossiyaga qarshi qaratilgan yangi sanktsiyalariga sharh berdi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSH tomonidan RF kompaniyalariga kiritilgan yangi sanktsiyalarga izoh berar ekan, Vashington harakatlari raqiblarni kuchsizlantirishga boʻlgan urinish ekanligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Moskva amerikaning yangi sanktsiyalariga javob qaytarib, Vashington bilan aloqalar majmui boʻyicha xulosalar chiqaradi, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al-Toniy bilan muzokaralar yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Vizit gossekretarya SSHA Maykla Pompeo v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo Rossiyani AQSH dushmani deb atadi

Sal avval AQSH savdo vazirligi Rossiya va Xitoyning qurolli kuchlarga aloqasi boʻlgan 103 kompaniyalari roʻyxatini eʼlon qilgan edi. Ularga nisbatan eksport cheklovlari kiritilmoqda. Ushbu roʻyxatdan RF Mudofaa vazirligi, aviatsiya, kosmik va boshqa sohalardagi yirik korxonalarni oʻz ichiga olgan.

"Rossiya va Xitoyning jismoniy shaxslari va kompaniyalariga qarshi kiritilgan amerikaning yangi sanktsiyalari masalasiga keladigan boʻlsak, bu yerda bizni hayratlantiradigan narsaning oʻzi yoʻq: AQSH davlatimizga nisbatan dushmanona siyosat yuritib kelayotganiga ancha boʻlgan. Va, tabiiyki, albatta, javob qaytariladi - bunda gap javobning aks yoki simmetrik boʻlishida emas, biz Rossiya-Amerika munosabatlarining butun majmuiga daxl qiladigan qoʻshimcha xulosalarni chiqaramiz", - degan Lavrov.

RF TIV rahbari Sergey Lavrov, AQShning Rossiya kompaniyalariga qarshi kiritilgan yangi sanktsiyalariga izoh berar ekan, Vashington harakatlari raqiblarni kuchsizlantirishga urinish ekanligini aytdi.

Dunyoda
AQSH oʻz dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

"Vashingtonning ushbu harakatlari, Qoʻshma Shtatlarning Jahon Savdo Tashkiloti qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda raqobatning nopok usullarini joriy etish uchun jahon bozorlaridagi raqobatchilarini zaiflashtirishga qaratilgan strategik yoʻnalishini aks ettiradi", - dedi Lavrov matbuot anjumanida.

"Xalqaro huquq meʼyorlarini navbatdagi bor ochiqchasiga mensimaslik Qoʻshma Shtatlar oʻzlarining boshqalarga tiqishtiriladigan qoidalarini ilgari surishini yana bir bor dalolat beradi. Va tabiiyki, yevropalik sheriklarimiz qoidalarga asoslangan jahon tartibotini oʻrnatish zarurati haqida mudom takrorlab kelishar ekan, ular qanday oʻyinni oʻynayotganliklarini anglashlari lozim. Ular oxir-oqibat bu sayyoramizdagi istalgan davlatda oʻz aksini topishini tushunishlari kerak", - dedi Lavrov.

Vashington biznes-sherik sifatida oʻzining ishonchsizligini isbotladi, deb qoʻshimcha qildi Sergey Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala