Jamiyat

Olimlar Marsda "farishta" tasvirini koʻrishdi - foto

"Mars-ekspress" sayyoralararo stantsiyasi Marsning janubiy qutbida "farishta"ga oʻxshash boʻlgan suratni tasvirga oldi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Avtomatlashtirilgan "Mars-ekspress" sayyoralararo stantsiyasi Marsda oʻzgacha suratni tasvirga oldi.

Mars Express portali xabariga koʻra, janubiy qutbdan unchalik uzoq boʻlmagan joyda olimlar “qanotli va zarhal doirali farishta”ga oʻxshash boʻlgan gʻaroyib manzarani kashf etdilar.

Bunday landshaftni olivin va piroksen kabi minerallarga boy qumtepalar hosil qildi.

Olimlarning fikriga koʻra, ular dastlab Mars ostida joylashgan, ammo keyinchalik, ehtimol ular qadimgi vulqon bilan surib chiqarilgan.

Yana bir qiziq fakt, fotosuratda koʻrsatilgan Janubiy qutb qalinligi 1,5 kilometrdan oshadigan muz qalpogʻi bilan qoplangandi.

Biroq, hozir sayyoraning pastki yarim sharida yoz, shuning uchun sovuq qoplam yil davomida eng past darajada.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala