Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 23 dekabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital dlya lecheniya bolnыx COVID-19
Gospital dlya lecheniya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yana 135 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 76 315 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Zararli mamlakatlar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Yana 135 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 76 315 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 4 nafari Andijon viloyatida,1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 103 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 73 589 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 97 foiz.

Ayni paytda 2 114 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 168 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 612 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Qirgʻizistonda 200 oʻrinli shifoxona

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib qaytdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi Botken viloyati Qadamjay tumani Markaziy tuman kasalxonasida boʻldi.

U yerda Qirgʻiziston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev va Qirgʻiziston hukumatining boshqa vakillari ishtirokida shifoxonaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 78,0 milliondan oshdi, 1,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (18,0 mln), Hindistonda (10,1 mln), Braziliyada (7,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala