Rossiya tinchlikparvar kuchlari shimoliy Stepanakert atrofini minalardan tozalashni yakunlamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSpetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe
Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Operatsiya davomida tinchlikparvar kuchlar tog‘li hududlar va ob-havo yomonlashuvi sharoitida minalardan tozalashning yuqori tezligini saqlash imkonini beradigan zamonaviy robotlashtirilgan majmualardan foydalandilar.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya tinchlikparvar kuchlarining muhandislik bo‘linmalari shimoliy Stepanakert hududini minalardan tozalash ishlarini yakunlashmoqda.

Blochno-modulniy gorodok dlya razmesheniya rossiyskix mirotvorsev v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: Rossiya tinchlikparvar kuchlari uchun mobil-shaharcha barpo etildi

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, operatsiya davomida muhandislik bo‘linmalari 260 gektar yer, 100 kilometr yo‘l, 434ta uy-joylarni minalardan tozalashgan.

Ta’kidlanishicha, 8,6 mingdan ortiq portlash xavfi bo‘lgan predmetlar aniqlangan va zararsizlantirilgan.

Hududni portlovchi predmetlardan tozalash ishlari davomida tinchlikparvarlar tog‘-toshli va ob-havo yomonlashgan sharoitda minalardan tozalashning yuqori jadalligini ushlab turishga imkon beruvchi zamonaviy robototexnik majmualardan foydalanishmoqda.

"Aniqlangan portlovchi predmetlar va portlamay qolgan o‘q-dorilar olib chiqilmoqda va maxsus jihozlangan poligonda yo‘q qilinmoqda. Evakuatsiya qilinmaydigan o‘q-dorilar barcha zarur xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda joyida yo‘q qilinmoqda", - deyiladi xabarda.

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - video

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari - Vladimir Putin, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot qabul qilishgan edi. Bayonotga muvofiq, 10-noyabrdan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish to‘liq to‘xtatiladi. Armaniston tomoni bir qator hududlardan voz kechishga rozi bo‘ldi.

O‘t ochishni to‘xtatish va jangovar harakatlar ustidan nazorat olib borish maqsadida Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida Rossiya Federatsiyasining 1960 nafar harbiy xizmatchilari kontingenti, 90 ta bronetransportor, 380 dona avtomobil va maxsus texnika joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0