Migratsiya

Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmasligi Putinga yetkazildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishStroitelstvo
Stroitelstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin mamlakat prezidentidan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini koʻrib chiqishni iltimos qildi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin Rossiya prezidenti Vladimir Putindan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini koʻrib chiqishni iltimos qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Migrantlar yetishmasligi tufayli Rossiyada tayyor turar joylarni topshirish kechikmoqda

“Shu bilan birga mehnat resurslari, jumladan, xorijiy ishchi kuchi yetishmasligi tufayli dekabr oyida uy-joylarni foydalanishga topshirish boʻyicha xatarlar mavjud”, - dedi u Davlat kengashi yigʻilishida.

Bosh vazir oʻrinbosari ushbu muammo, ayniqsa, Moskva mintaqasida oʻta kuchli sezilayotganini taʼkidladi.

“Bu masala yuzasidan sizning topshirigʻingiz ishlab chiqilishi va uni yil boshida alohida yigʻilishda koʻrib chiqilishini iltimos qilaman”, - dedi Marat Xusnullin.

Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir oʻrinbosari

Xusnullinning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli mamlakatda birinchi yarim yillikda uy-joylarni foydalanishga topshirish taxminan 10 foizga, ipoteka boʻyicha esa 17 foizga tushib ketgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala