Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbari oʻzgardi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbari oʻzgardi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.

Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sharifxodjayev Xalq taʼlimi vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

Taʼkidlanishicha, Samarqand viloyati hokimligida Erkinjon Turdimov rahbarligida xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan.

Yigʻilishda Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ham ishtirok etgan.

Tadbirda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan. Viloyat XTB rahbari Saidahmad Usmonov oʻrnini Zebiniso Shodiyeva egalladi, 

Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala