Jamiyat

“Toshkent-Samarqand” qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Bayram oldi va bayram kunlari yoʻlovchilarga transport xizmatlarini koʻrsatishni yanada oshirish va ularga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan "Toshkent – Samarqand – Toshkent" yoʻnalishida qoʻshimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.  

Mazkur poyezdlar 28, 29, 30 hamda 31 dekabr kunlari qatnovlarni amalga oshirib, yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazib qoʻyadi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader