Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishSotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bobur ko‘chasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvi ostidagi 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 22-dekabr kuni soat 14:50 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in haydovchi yo‘lovchi tashuvchi avtobusni 47-yo‘nalishda boshqarib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

© Press-slujba GUBDD MVDProizoshel pojar v avtobuse v Tashkente
Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Proizoshel pojar v avtobuse v Tashkente

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda

Yangiliklar lentasi
0