Hodisalar

Toshkentda fohisha mijozini tanishlari bilan tunadi

© AFP / VALERY HACHEDevushki legkogo povedeniya
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Fohishalik bilan shugʻullanuvchi fuqaro mijozi bilan gaplashib turgan vaqtida uning yonida telefon va pullari borligini koʻradi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Toshkent shahri Bektemir tumanida ikki nomaʼlum shaxs 24 yoshli fuqaroni tunab ketdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Hodisa “Compas” savdo markazining orqa tarafida sodir etilgan. Jinoyatchilar 24 yoshli Tohirjon A.ga nisbatan hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, uning narxi 100 dollarlik “RedMI-5 Plus” telefoni va 500 dollarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishgan. 

Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 18 yoshli Akbarxoʻja U., 23 yoshli Umid X. va fargʻonalik 34 yoshli Ruxsoraxon X.lar ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan.

Jenщina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi boʻlgan “oʻta tajribali” fohisha qoʻlga olindi

Aniqlanishicha, fohishalik bilan shugʻullanuvchi Ruxsoraxon X. mijoz sifatida kelgan fuqaro Tohirjon A. bilan gaplashib turgan vaqtida uning yonida telefon va pullari borligini koʻradi. Keyin bu haqda yuqoridagi tanishlariga xabar beradi. Ular esa qorongʻu va ovloq joyda jabrlanuvchini tunab ketishadi.

Termizda ikki fohisha ayol chet ellikni tunab ketdi

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Akbarxoʻja U. va Umid X.larga nisbatan qamoqqa olish, fuqaro Ruxsoraxon X.ga esa munosib xulq atvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxat  ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala