Analitika

"Hammani jazolaymiz": Pentagon rekord darajadagi harbiy byudjetni nimaga sarflamoqchi

© AP Photo / Hubert Delany IIIAmerikanskiye voyennыe, otpravlyayuщiyesya v rayon operatsiy Tsentralnogo komandovaniya SSHA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina
Amerikanskiye voyennыe, otpravlyayuщiyesya v rayon operatsiy Tsentralnogo komandovaniya SSHA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikalik senator va kongressmenlar harbiy byudjet loyihasini maʼqulladilar. Vashington oʻz harbiy ehtiyojlari uchun 2021-yilda rekord darajadagi 740 milliard dollarni sarflashni rejalashtirgan

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik, Andrey Kots. Amerikalik senator va kongressmenlar harbiy byudjet loyihasini maʼqullashdi. 2021-yilda Vashington harbiy ehtiyojlari uchun rekord darajadagi 740 milliard dollarni sarflamoqchi. Shuningdek, rejadan - qurolli kuchlar modernizatsiyasi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, shu jumladan, raqiblarga sanktsiyalarni qoʻllash va ittifoqdoshlarga koʻmak berish orqali AQSH geosiyosiy taʼsirini kengaytirish oʻrin olgan.

Vizit gossekretarya SSHA Maykla Pompeo v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo Rossiyani AQSH dushmani deb atadi

Pentagon ushbu mablagʻlarni qanday sarflamoqchi - RIA Novosti materialida oʻqing.

Prezident bilan surishuv

Aslida Mudofaa byudjeti loyihasi amerika hukumatining eng yuqori darajalarida tortishuvlarni yuzaga keltirdi. Hozircha amaldagi prezident boʻlib turgan Donald Tramp Afgʻoniston, Koreya va Germaniyadagi amerika qoʻshinlari soni qisqartirilayotganidan norozilik bildirdi. Sal oldinroq u fuqarolar urushi davridagi Konfederatsiya arboblari sharafiga nomlangan harbiy obʼyektlar nomi oʻzgartirilishi va quldor Janubdagi har qanday ramzlarning yoʻq qilinishi koʻzda tutilgan qonun loyihasiga qarshi chiqqan edi.

Amerikanskiy esminets Lassen v more - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH oʻz dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

Bundan tashqari, prezidentga ushbu hujjatda 1996 yilda qabul qilingan kommunikatsiyalar sohasida aloqa axloqi toʻgʻrisidagi qonunning - texnologiya kompaniyalarini foydalanuvchi kontentini joylashtirish, olib tashlash yoki boshqa yoʻl bilan cheklab turish uchun sud daʼvolaridan himoya qiluvchi 230-boʻlimini bekor qilish toʻgʻrisidagi bandning yoʻqligi ham yoqmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Trampning Twitter, Facebook va qator boshqa internet-platformalari bilan eski hisob-kitobi bor. Bu platformalar koʻpincha uning bayonotlarini dezinformatsiya yoki boʻlmasa bahsli kontent sifatida belgilab qoʻyadi.

Tramp ularni koʻp marotaba tsenzurada va siyosatga taʼsir oʻtkazishga urinishda ayblagan. Amerikaning amaldagi prezidenti ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarni oʻzlari eʼlon qilayotgan materiallar uchun yuridik jihatdan javobgar, deya tan olish lozim, degan fikrda.

Truboukladochnoye sudno Soliter - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

Ammo bularga qaramay, byudjet loyihasi uchun 438 nafar kongressmenlarning 300 nafari ovoz berdi. Bu vakillar palatasiga prezident vetosini yengishga imkon beradi. Tramp loyihani yana bloklaydigan boʻlsa, kongress takroran ovozga qoʻyadi. Agar hujjat yana maʼqullanadigan boʻlsa, u uzil-kesil qabul qilinadi. Boz ustiga qonunni senat qoʻllab-quvvatlagan: 84ta — ijobiy va 13ta qarshi ovoz.

Sanktsiyalar va koʻmak

Byudjet loyihasining geosiyosiy yangiliklaridan biri — "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi sanktsiyalardir. Amerikaliklar qunt va izchillik bilan uglevodorodlar bozorida Rossiya pozitsiyalariga putur yetkazishga harakat qilishmoqda. Byudjet gaz oʻtkazgich qurilishida beriladigan koʻmak, shuningdek, quvur yotqizadigan kemalarning texnik modernizatsiyasi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun jazoni koʻzda tutadi.

Shimoliy oqim: Nima uchun AQSH gaz quvuri qurilishiga toʻsqinlik qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga toʻsqinlik qilmoqda - video

"Shimoliy oqim — 2" hozirda 94 foizga tayyor. Yana 76 kilometr masofani bosib oʻtish qolgan, xolos. Sanktsiyalarni aylanib oʻtish uchun Germaniya ayyorona yoʻl tutdi va gaz quvurini qurib bitkazish uchun maxsus fondni tashkil etdi. Yuridik jihatdan pudratchilar "Shimoliy oqim -2"ga bevosita aloqador boʻlmagan holda ushbu tuzilma buyurtmalarini bajaradilar.

Amerikaliklar shuningdek Turkiyaga keraklicha bosim oʻtkazmoqchi. Byudjetda Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilish va ulardan foydalanish uchun sanktsiyalar koʻzda tutilgan. Oʻtgan hafta oxirida Davlat departamenti davlat kotibi Mayk Pompeoning ushbu bitim amerika xodimlari va harbiy texnikasini xavf ostiga qoʻyayotgani, shuningdek, Moskvaga Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirish huquqini berayotgani toʻgʻrisida bayonot eʼlon qildi.

Turkiya TIV javob choralari bilan tahdid qildi. S-400 - uzoq vaqtdan buyon Vashington va Anqara munosabatlarida toʻsiq boʻlib kelmoqda. Amerikaliklar Turkiyani allaqachon F-35 beshinchi avlod samolyotlari dasturidan chiqarib tashlagan. Pentagon ushbu eng yangi qiruvchilar haqidagi maʼlumot Turkiya ZRKlaridan Moskvaga yetib borishidan havotirlanmoqda.

Pochemu SSHA boyatsya rossiyskix S-400, kuplennыx Turtsiyey? - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH nega Turkiya ruslardan sotib olgan S-400dan qoʻrqadi? — javob videoda

Amerikaliklar sharqiy yevropalik ittifoqdoshlar - Boltiq boʻyi va Polshani moliyalashtirishda davom etmoqda. Bu davlatlar "Rossiyani tiyib turish uchun" platsdarmdir. Shuningdek, "xavfsizlik sohasida yordam, Ukraina qurolli kuchlarini qoʻllab-quvvatlash tashabbusi doirasida" Kiyevga ham 250 million dollar ajratiladi. Tafsilotlar ochiqlanmayapti, ammo, gap Ukraina QKga zirhlangan avtomobillar, tanklarga qarshi raketa majmualari, kichik dengiz kemalarini yetkazib berishda davom etish haqida borayotgan boʻlishi ehtimolga yaqin.

Ommaviy qayta qurollanish

Tabiiyki, AQSH oʻzini xafa qildirib qoʻymaydi. 740 milliard dollardan Pentagonning bazaviy ehtiyojlariga 635,5 milliard  dollar yoʻnaltiriladi. Qolgani energetikada milliy xavfsizlik dasturi (26,6 milliard) va chet eldagi operatsiyalar (69 milliard)ga yoʻnaltiriladi. Ayniqsa, uch yil davomida gipertovushli texnologiyalarni harbiy safga qabul qilish zarurati alohida qayd etilgan.

Voyennoye shou Vejlivыe lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rus quroli: “Tyulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomyot

Yadroviy triadani modernizatsiyalashga 30 milliard dollar ajratilgan. Ushbu mablagʻlar yangi aloqa va boshqarish tizimlarini rivojlantirishga (Nuclear Command, Control and Communications - yetti milliard), istiqbolli B-21 Raider bombardimon samolyotlari dasturiga (2,8 milliard), Columbia loyihasi boʻyicha eng soʻnggi ballistik raketaga ega suvosti kemalariga (4,4 milliard) sarflanadi.

Yadroviy boyegolovkali LRSO "Havo - yer" qanotli raketalari loyihasiga 474 million ajratilsa, yangi GBSD mintaqalararo ballistik raketalari dasturiga — 1,5 milliard yoʻnaltiriladi.

Raketalarga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirishga 20 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Bu mablagʻlarga dengizda joylashuvchi raketalarga qarshi SM-3, jangovar ahborot-boshqaruv tizimi boʻlgan AEGIS, THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari xarid qilinadi. Patriot ZRK modernizatsiya qilinadi. Kosmik qoʻshinlarga - AQSH sputnik guruhining keyingi kengaytirilishiga 15 milliard dollar zaxirada ushlab turilibdi. Oʻn milliardga yaqin mablagʻ kibermaydondagi operatsiyalar - hujum va mudofaa operatsiyalarga moʻljallangan.

Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida

HHK 57 milliard dollar oladi. Bu pullarga 79ta F-35 qiruvchilari, 15 ta KC-46 zapravkachilari, 24 ta F/A-18 Super Hornet paluba qiruvchi-bombardimonlari, 52 ta AH-64E Apache zarba vertolyotlari va qator boshqa mashinalar xarid qilinadi. 2021 yilda HDKga 32,3 milliard dollar sarflanadi: bu yangi avlod Columbia bosh dronlari, Ford klassidagi avianosets, Virginia klassidagi suvosti kemasi, ikkita Arleigh Burke esminetsi, bitta FFG(X) fregati, LPD desant kemasi, tanker, shuningdek, ikkita yirik ekipajsiz USV Large kemalari.

Piyoda qoʻshinlari uchun 13 milliard koʻzda tutilgan: toʻrt mingdan ortiq yengil broneavtomobillar, 32ta koʻpnishonli zirhlangan mashinalar, 72ta jangovar amfibiyalar xarid qilinib, 89ta Abrams tanklari modernizatsiya qilinadi. Kelajak texnologiyalari ham esdan chiqmagan. Jumladan, gipertovushli qurolga 3,2 milliard, mikroelektronikaga — 1,5 milliard, sunʼiy intellektga — 841 million sarflanadi.

Amerika harbiy byudjeti oʻsishda davom etmoqda va har yili yangi rekordlarni oʻrnatmoqda. Bir narsa ayonki, yangi prezident davrida ham AQSH tashqi siyosati oʻzgarishi va yanada tinchlikparvarroq boʻlishi dargumon.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala