Infografika

Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderland va JAR bilan aviaaloqalarni chekladi. 

Respublika Koronavirusga qarshi kurash shtabi Maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston koronavirusning yangi shtammi tarqalgan 8ta mamlakat bilan aviaaloqalarni chekladi. 

Xususan, 2020 yil 21 dekabridan boshlab Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderland va JAR bilan aviaaloqalar toʻxtatilgan. Cheklov ushbu davlat fuqarolari, u yerda yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va soʻnggi 14 kun davomida ushbu mamlakatlarda boʻlgan shaxslarga ham qoʻllaniladi.

2021 yil 10 yanvardan boshlab, yuqoridagi mamlakatlarda soʻnggi 14 kun davomida boʻlgan Oʻzbekiston Respulikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14-kunlik karantinda boʻlishlari shart.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning 25 dekabridan boshlab Oʻzbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslar, chegara punktida koronavirusga ekspress-test topshiradi. Ushbu talab barchaga, koronavirusga PZR test topshirib manfiy natijaga ega boʻlganlarga ham taaluqlidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala