Iqtisod

Investitsiyalarni oʻzlashtirish samaradorligi oshiriladi - prezident

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev na soveщanii 23 dekabrya 2020 goda
Shavkat Mirziyoyev na soveщanii 23 dekabrya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Kelgusi yil yanvardan eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshiriladi.

TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Oʻzbekistonda 2020 yilda 6,6 mlrd. dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Kelgusi yilda esa 7,5 mlrd. ana shundaya sarmoyalar oʻzlashtirilishi kutilmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 23 dekabr kuni boʻlib oʻtgan investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilishda xabar qilindi.

Oʻzbekistonda 1 yanvardan boshlab, xalqaro moliya institutlari kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha yangi tizim joriy etish, har bir loyihada belgilangan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish va natijadorligini taʼminlash maqsadida “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshirish va ularni oʻqitish muhimligi taʼkidlandi, - deyilgan xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, 2020 yilda Oʻzbekiston eksporti miqdori 15 milliard dollar boʻlishi, kelgusi yilda esa undan ham koʻproq boʻlishi kutilmoqda. 

Eksport potentsialini oshirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida 226 ta yirik loyiha hamda 69ta istiqbolli sanoat loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalarni amalga oshirishda asosan kimyo, energetika, mashinosozlik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika va yengil sanoat sohalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Kelgusi yili eksport hajmi 17  milliard dollar atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga eksport shartnomalarini hozirdanoq tuzish, 1 yanvardan Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan eksportoldi moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala