Rossiya

Putin xorijlik hamkasblari bilan migrantlar bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti boshqa mamlakatdagi hamkasblari bilan Rossiyada migrantlar yetishmasligi masalasini muhokama qilishga rozi boʻldi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqa mamlakatdagi hamkasblari bilan Rossiyada migrantlar yetishmasligi masalasini muhokama qiladi.

Bu haqda u Davlat kengashi strategik rivojlanish va milliy loyihalar kengashining qoʻshma yigʻilishida maʼlum qildi.

Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Migrantlar yetishmasligi tufayli Rossiyada tayyor turar joylarni topshirish kechikmoqda

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar qurilishlarda ishchilar kuchi yetishmasligini keltirib chiqargani haqidagi masalani koʻtardi. U Putindan hukumatga mehnat resurslari oʻta taqchil boʻlgan joylarga migrantlarni saralab kiritishni tashkil etish masalasini ishlab chiqishni topshirishni iltimos qildi.

“<...> bizga mehnat migrantlari keladigan mamlakatdagi hamkasblarim bilan buni muhokama qilaman”, - dedi Putin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin ham davlat rahbaridan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini koʻrib chiqishni iltimos qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala