Jamiyat

Rossiya Oʻzbekistonga 4-mobil laboratoriyani yetkazib berdi

© AFP 2018 / CHANDAN KHANNAProbirka
Probirka - Sputnik Oʻzbekiston
"Gazel" va "Kamaz" avtomobillariga oʻrnatilgan mobil laboratoriyalar Oʻzbekistonga 2017, 2018 va 2019 yillarda ham yetkazib berilgan edi. 

TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Rossiya Oʻzbekistonga infektsiyalarni diagnostika qilish uchun 4-mobil epidemiologik laboratoriyani yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "Rospotrebnadzor".   

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning dekabrida Oʻzbekistonga "Kamaz" avtomobiliga oʻrnatilgan bakteriologik laboratoriya ham yetkazib berilgan edi. Ushbu laboratoryalarda ishlash uchun oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning ixtisoslashgan oʻquv muassasalarida malaka oshirishgan. 

"Dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli bizning davlatlarimiz biologik xavfsizlikni taʼminlash borasida birgalikda qator ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan, yangi infektsiyalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-tekshirish markazlari va laboratoriya majmualari yaratish masalasi muhokama qilinmoqda", - deyishdi Rossiya elchixonasida. 

Rospotrebnadzor va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 2017 yilda xalqaro tibbiy-sanitar qoidalari borasida shartnoma imzolashgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala