Dunyoda

Rossiyada barcha davlatlar bilan parvozlarni vaqtincha toʻxtatish taklif qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPassajirы v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo
Passajirы v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyalik deputat COVID-19ning yangi shtammi aniqlangani sabab barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha cheklashni taklif qildi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputati Ivan Suxarev COVID-19ning yangi shtammi aniqlashi sabab barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha cheklashni taklif qildi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.

Deputat mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin nomiga yozgan maktubida Buyuk Britaniya va qator mamlakatlarda COVID-19ning yangi shtammi aniqlanganini eslatgan. Shu bois koʻplab davlatlar, jumladan, Rossiya Britaniyaga parvozlarni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

“Rossiya hududida yangi virus tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sizdan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashishdagi ijobiy surʼatni saqlash uchun vaqtinchalik barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni toʻxtatish imkoniyatini koʻrib chiqishni iltimos qilaman”, - deyilgan deputat murojaatida.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning soʻzlariga koʻra, Rossiyada Buyuk Britaniya va qator mamlakatlarga aniqlangan koronavirusning mutatsiyasi aniqlaganmagan.

SSV koronavirusning yangi shtammi xususida maʼlumot berdi

Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi.

Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat oʻz chegaralarini qachon ochishi haqidagi savol javob berayotib, chegaralar koronavirus bilan bogʻliq vaziyat imkon berishi bilanoq ochilishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala