Dunyoda

“Sputnik V” vaktsinasi nomidagi “V” nimani anglatadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishVaktsinы protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaktsinы protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishi oydinlashdi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi nomidagi “V” harfi nimani anglatishini ochiqladi.

Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi

Uning soʻzlariga qaraganda, “V” harfi koronavirus ustidagi gʻalabani anglatadi.

“Vaktsinamiz nomidagi “V” harfi koronavirus ustidagi gʻalabani anglatadi, va biz Argentina xalqiga bu kasallik ustidan gʻalaba qozonishni tilaymiz”, - deya tushuntirdi Dmitriyev vaktsinaning birinchi partiyasini Argentinaga yetkazib berilganini izohlayotib.

24 dekabr kuni COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasi  “Sputnik V”ning birinchi dozalari ortilgan samolyot Argentinaga kelib qoʻndi. Jami 300 ming doza yetkazib berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi.

Rossiyaning yangi koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinasi dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazildi va u “Sputnik V” deb nomlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala