Jamiyat

“Uzbekistan Airways” chiptalarga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

© Sputnik / Mariya NaumenkoKrыlo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways
Krыlo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniya Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻquvchilar, talabalar, nafaqaxoʻrlar va boshqa toifadagi fuqarolar uchun chegirmalar joriy qilmoqda.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Oʻzbekiston aholisi uchun 2021 yil 1-3 yanvar kunlari Yangi yil bayramini nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga chegirmalar joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:

  • individual yoʻlovchilar uchun - 30%;
  • turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej oʻquvchilari, litseylar, oliy oʻquv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, OʻzR DBQ va boshqa idoralarning maxsus oʻquv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
  • oila (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi boʻlgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi boʻlgan onalar) uchun - 50%;
  • nafaqaxoʻrlar uchun - 50%;
  • nogironlar uchun  - 50%;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun  - 50%;
  • 1941-194 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun  - 50%;
  • Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun  - 50%.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar va oʻquvchilar poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma berilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala