“Uzbekistan Airways” chiptalarga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Mariya NaumenkoKrilo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways
Krilo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘quvchilar, talabalar, nafaqaxo‘rlar va boshqa toifadagi fuqarolar uchun chegirmalar joriy qilmoqda.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston aholisi uchun 2021-yil 1-3 yanvar kunlari Yangi yil bayramini nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga chegirmalar joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:

  • individual yo‘lovchilar uchun - 30%;
  • turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O‘zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
  • oila (2 va undan ortiq kishi, ya’ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun - 50%;
  • nafaqaxo‘rlar uchun - 50%;
  • nogironlar uchun  - 50%;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun  - 50%;
  • 1941-194 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun  - 50%;
  • Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun  - 50%.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar va o‘quvchilar poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma berilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0