Xo‘jand sanoat korxonalariga o‘zbek gazini yetkazib berish qayta tiklandi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki bosqichda gaz Xo‘jandning muhim sanoat korxonalariga yetkazib beriladi, keyinchalik aholiga ham yetkazib berilshi mumkin.  

TOShKENT, 24 dek — Spitnik. O‘zbekiston Tojkistonning Xo‘jand shahriga yana gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston. 

Ushbu ish tantanali tadbir bilan boshlandi. Unda So‘g‘d viloyati rahbarlari va gaz yetkazib beruvchi kompaniya rahbariyati hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Dastlabki bosqichda gaz Xo‘jandning muhim sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. Bugungi kunda Xo‘jandda 150dan ortiq sanoat korxonalari tabiiy gazda ishlamoqda. 

"Ayni damda shahardagi korxonalarning yarmidan ko‘pi muqobil energiya manbaiga o‘tishgan. Kelajakda kompaniya tabiiy gazni aholiga yetkazib berishga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda", - dedi "So‘g‘diyongaz" kompaniyasi rahbari. 

Eslatib o‘tamiz 2012-yilda O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan, lekin 2018-yilning sentabr oyida qayta tiklangan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0