Jamiyat

Oʻzbekistonda Yangi yil arafasida qatʼiy karantin joriy etiladimi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVnimaniye, karantin
Vnimaniye, karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 25 dekabridan karantin choralari kuchaytiriladi, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarda asos bormi?

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov mamlakatda 25 dekabrdan karantin choralari kuchaytiriladi degan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda toʻqqiz kundan buyon COVID-19 dan oʻlim kuzatilmayapti

"Xalqimizda “niyatga yarasha beradi” degan gap bor, bilmadim, baʼzi shaxslar bu kabi mish-mishlarni yaxshi niyatda tarqatishayaptimi yoki doim shunday “sovuq” niyat qilishga oʻrganib qolishganmi? Deylik, karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilsa, aniqroq aytganda, uydan chiqish, ishga borish, harakatlanish, qoʻyingki, shu kabi barcha erkinliklar chegaralansa, bundan kimga va qanday naf?! Dunyo hamjamiyatida vaziyat oʻta ogʻir boʻlib turgan bir paytda va yurtimizda karantin tadbirlarining birmuncha yumshatilishi mavjud epidemik vaziyatga salbiy taʼsir qilishi mumkinligini toʻliq anglagan holda Respublika maxsus komissiyasining cheklov tadbirlarini birmuncha yumshatishga qaror qilgani bu pandemiyani jilovlash tadbirlariga jalb etilgan sohalarga katta ishonch namunasi, desak xato boʻlmaydi”, - deydi Otabekov.

Oʻzbekiston qator davlatlar bilan xalqaro aviareyslarni toʻxtatmoqda

Uning taʼkidlashicha, bu kabi qarorlar qabul qilinishidan oldin barcha shart-sharoitlar oʻrganib chiqiladi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va ularning yechimi boʻyicha imkoniyatlar har tomonlama oʻrganiladi.

“Taʼkidlanganlardan kelib chiqib, yuqoridagi kabi mish-mishlarni tarqatayotgan shaxslarga aytmochimiz: xalqni besaranjom qilib, chalgʻitib, qoʻrqitib yoki xavotirga solib baraka topmaysiz, Respublika maxsus komissiyasi aʼzolari esa karantin tadbirlarini kuchaytirish haqida hozircha oʻylab koʻrishmadi, Negaki, bugun bu kabi cheklovlar haqida oʻylash uchun umuman asos yoʻq, yurtimizda koronavirus kasalligi boʻyicha barqaror epidemik vaziyat hukm surmoqda”, - deya xulosa qildi u.

SSV koronavirusning yangi shtammi xususida maʼlumot berdi

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida oʻtkazishni tavsiya etilgan. Vazirlik, idoralar, davlat ulushi boʻlgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlangan. Bogʻchalar, umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalarida turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala