Oʻzbekistonda xato sabab marhumga yozilgan jarima bekor qilindi
Oʻzbekistonda xato sabab marhumga yozilgan jarima bekor qilindi
Uch yil oldin vafot etgan samarqandlik erkakka “xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani” uchun jarima yozib joʻnatilgan. 24.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
YHXBB xabariga koʻra, joriy yilning 29 iyun kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida haydovchi, 1954 yilda tugʻilgan Djalalov Sobirjan oʻziga tegishli boʻlgan “Matiz”da xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Haydovchini tuman IIB YHXB YPX xodimi S.Abdunabiyev toʻxtatgan va unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Tuman IIB YHXB maʼmuriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro S.Djalalovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida ushbu fuqaro bilan ism-familiya va tugʻilgan yili bir xillikda boʻlgan Samarqand viloyatida yashagan 1954 yilda tugʻilgan Djalalov Sobirjanning roʻyxatda turgan manzili boʻyicha jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi jarima qarori chiqarilgan.
Hozir samarqandlik Djalalov Sobirjanga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilingan. YHXBB yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun uzr soʻragan.