Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini sezilarli oshirdi

© UzbekneftgazUzbekneftgaz uvelichil dobыchu gaza
Uzbekneftgaz uvelichil dobыchu gaza - Sputnik Oʻzbekiston
Moʻynoq, Muborak, Gazli va Shoʻrtan konlaridan kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli darajada oshirildi.

TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Ustyurtda 3 ta, Qashqadaryoda 4 ta, Buxoroda 4 ta gaz qudugʻi ochilishi natijasida "Oʻzbekneftgaz" tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli oshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

Xususan, Moʻynoq tumanida joylashgan “Sharqiy Berdaq” konidan kunlik 310 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishdi.

Gaz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxoroda gaz yoʻqligidan norozi aholi mashina yoʻlini toʻsib qoʻygani yuzasidan maʼlum berildi

Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan 217 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 5 tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishildi.

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy tandircha” gaz kondensat konidagi 60-sonli quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati, qazib chiqarilishiga erishildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan kunlik 300 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun, 2020 yilning sentyabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 42 ta yangi quduqlarni burgʻilab ishga qoʻshildi, 193 ta mavjud quduqlarda kapital taʼmirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 15 ta texnologik obʼyektlarni qurish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlari bajarildi. Buning natijasida sentyabr oyidan boshlab kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish koʻrsatkichlari 89,7 mln kub metrdan 92,5 mln kub metrgacha oshirishga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala