Video

Begemot, ogʻzingni och: Toshkent zooparkidagi hayvonlar qanday yashamoqda

Toshkent hayvonot bogʻiga tashrif buyuruvchilar hayvonlar hayotining faqat bir tomonidan koʻrishadi. Sputnik muxbiri hayvonlar hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent zooparki Markaziy Osiyodagi eng eski hayvonot bogʻidir. Bu yerda 330dan ortiq hayvonlar va qushlar saqlanadi. Ularning har biriga oʻziga xos diqqat va eʼtibor kerak: mavsumga mos keladigan ozuqa, veterinar shifokorlar yordami va doimiy kuzatuv kerak.

Hayvonlarning aksariyati bu yerga boshqa zooparklar bilan almashuv natijasida olib kelinadi, lekin ayrimlari kontrabandistlar qoʻlidan qutqarib olingan. Baʼzilarini ogʻir ahvolda fuqarolar olib kelishgan.   

Hayvonlar oʻlimiga sabab boʻladigan eng katta sabab bu zooparkka keluvchilar tomonidan tashlangan axlat va paketlardir. Shu sababdan bogʻ hududiga kirish qoidalarini ham oʻzgartirishga majbur boʻldik, - deyishadi zoopark xodimlari.

Toshkent zooparkining eng katta yoshli mehmoni kim? Filni samolyotda olib kelish uchun nima qilish kerak? Begemotning ogʻzida nima bor? Ushbu va boshqa qiziq savollarga javob topish uchun videolavhamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala