Chet davlatda ishlayotgan oʻzbekistonliklarga pensiya tayinlash tartibi eʼlon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016 yil 22 fevraldagi qaroriga koʻra tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Pensiya jamgʻarmasi xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qay tarzda pensiya hisoblanishi haqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda "Daryo".

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Pensiya taʼminotiga doir qonun loyihasi tayyorlandi

Qayd etilishicha, xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash, shuningdek, toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlovini, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qaroriga koʻra tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomga muvofiq, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.

Xorijda boʻlish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi Oʻzbekiston davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaxsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti hamda konsullik hisobiga qoʻyilganligi maʼlumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

Pensiya va nafaqa - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Pensiya qanday hisoblanadi?

Bugungi kunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan bir yil uchun toʻlanadigan ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori 2020 yil 1 dekabr holatiga 1 181 115 soʻmni tashkil etadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

har oyda yoki har chorakda;

biryoʻla — Oʻzbekistonga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.

Rublevыe kupyurы raznogo dostoinstva - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada mehnat migrantlariga pensiya toʻlanadi

Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda, yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy uchun toʻlangan deb hisoblanadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashni toʻxtatib turganda pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan soʻnggi sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.

Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdori yagona ijtimoiy toʻlovning belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablagʻlarni qoʻshimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala