Rossiyaning Tambov shahrida Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari uyida qoʻlbola portlovchi moslama yasamoqchi boʻlgan oʻsmirni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Maʼlum boʻlishicha, 17 yoshli oʻsmir ijarada turgan kvartirada portlovchi moslama va uning komponentlarini topishgan.
Huquqni saqlash organlari vakillari oʻsmir ortidan ancha vaqtdan buyon kuzatib kelishgan va uning niyatlaridan xabardor boʻlishgan. Maʼlum boʻlishicha oʻsmir "buzgʻunchi niyatli guruh" taʼsiri ostiga tushib qolgan.