Issiq uzoqqa kelmadi: ertaga Oʻzbekiston hududlarida qor yogʻadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishAvtomobili vo vremya snegopada
Avtomobili vo vremya snegopada - Sputnik Oʻzbekiston
Ertaga respublika hududlariga janubiy tsiklon kirishi boshlanadi, soʻngra Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Oʻzbekiston hududlariga Erondan kirgan iliq va nam havo massalari uzoq vaqtga kelmadi. Ertaga Oʻzbekiston hududlariga janubiy tsiklon kirishi boshlanadi, soʻngra Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Video Sputnik. Novogodniye ukrasheniya na ulitsax gorodov blijnego zarubejya  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
MDHning qaysi shaharlari archa bezatishdan voz kechishdi – video

Xabarda aytilishicha, Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, kechga tomon u qorga aylanishi mumkin. Respublika shimolida va shimoliy hududlarning chekkasida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni yogʻingarchilik boʻladi, u sovuq fonda qor koʻrinishida davom etadi. Respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli qor yogʻishi mumkin, qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3° sovuq-2° iliq atrofida boʻladi.

Bu davrda kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ertaga respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala