"Sardoba" ishi boʻyicha yopiq sud jarayoni boshlandi
"Sardoba" ishi boʻyicha yopiq sud jarayoni boshlandi
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda... 25.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda koʻrilayapti.
TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. 21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov ("Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ "Gidrotexnik inshootlar qurish direktsiyasi" boshligʻi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda koʻrilayapti.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Sud jarayoni davom etmoqda. Ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha alohida bayonot beriladi.