Analitika

"Sputnik V" vaktsinasi haqida barcha savollarga javoblar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVaktsina
Vaktsina - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus bilan kasallanib tuzalganlar vaktsina olishi kerakmi? Vaktsinaning salbiy oqibatlari qanday?

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik, Tatyana Pichugina. Gamalei markazi tomonidan yaratilgan Sputnik V vaktsinasi bilan shu kunga qadar 200 mingdan ortiq odam emlandi. Birinchi bosqichda – shifokorlar, oʻqituvchilar va ijtimoiy soha vakillari.Emlash kampaniyasi markaz va hududlarlar baravariga boshlandi.

Bugungi kunda koʻpchillikni bir savol qiziqtirmoqda, Qanday yoʻl bilan immunitet orttirgan maʼqul - vaktsina olish yoʻli bilanmi yoki COVIDga chalinish orqali?

Oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra, rossiyaliklarning barchasi ham koronavirusga qarshi emlanish tarafdori emas. Soʻrov natijalariga koʻra vaktsina olishga Rossiyaning 42 % aholisi rozi boʻlgan.

"Sputnik V" vaktsinasi nimadan iborat?

Vaktsina ikki turdagi genomi oʻzgartirilgan “ad26” va “ad5” - odam adenovirusidan tashkil topgan. 

Vaktsinы protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
"Sputnik V" sinovlari ijobiy oʻtsa, vaktsina Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev

Odatda adenovirus odamda OʻRVI yoki angina kassaligi keltirib chiqaradi. Virusdan vaktsina yasash uchun olimlar uning koʻpayish funktsiyasini yoʻq qilishadi. Shundan soʻng virus kletkaga kirish qobiliyatini saqlab qoladi, lekin koʻpayib ketmaydi, yaʼni kerakli “posilkani” manzilga yetkazuvchi xavfsiz vektorga aylanadi.

“Posilka” esa SARS-CoV-2ning spayk-oqsili haqida maʼlumotdan iborat. Zararsizlantirilgan virus hujayra ichiga kirganidan soʻng ushbu spayk oqsilni ishlab chiqara boshlaydi. Odam organizmi esa notanish oqsilni yoʻq qiladi, lekin uning koʻrinishini yaxshilab “tanib” qoladi. Yaʼni immunitet paydo boʻladi.  

Vaktsinada biror xavfli narsa bormi?

Yoʻq, hatto tirik adenovirus ham odamda unchalik kuchli shamollashga olib kelmaydi. Undan foydalanishnigng ustuvor tomoni shundaki – uning katta DNK-genomi bor va shu sababli uni zararsizlantirish oson. Shu sababdan ham ular oʻz genlarini odam genlariga qoʻshib yubrmaydi va mutatsiya yuz bermaydi.

Vaktsina ichida koronavirus bormi?

Adenovirus vektorlarida SARS-CoV-2 virusi yoʻq. 

Ekspress-testirovaniye na VICH v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Popova: Rossiyada OIV infektsiyasiga qarshi vaktsina prototiplari bor

Vaktsina tarkibida uning koronavirus nukleotidlar tizimi bor. Unda koronavirus tikanidagi spayk-oqsilning sintezi bor xolos. Virus ushbu oqsil yordamida hujayraga kirib oladi. Faqatgina ushbu oqsilning oʻzi inson  hujayrasiga kirganidan soʻng organizmda immunitet reaktsiyasini uygʻotishi mumkin. Lekin kasallikka olib kelishi mumkin emas.

Emlash qanday amalga oshiriladi ? Bu ogʻriydimi?

Aksaariyat vaktsilarlar kabi shprits yordamida qoʻlga ukol qilinadi. Ukol qilingan joy biroz ogʻrishi mumkin. Kamdan-kam holatlarda qizarish va qichish seziladi, lekin bu tez oʻtib ketadi, davolash talab qilmaydi.  

"Sputnik V" ikki bosqichda kiritiladi. Dastlab odam 26 serotipli adenovirus vektorini oladi, 21 kun oʻtib esa – 5 serotipga asoslangan ikkinchi doza olinadi. Ana shunday tartib atalayb joriy etilgan boʻlib, u odamda kafolatlangan ravishda immunitet paydo boʻlishiga olib keladi. Ikki bosqichli emlash tizimi dunyoda keng tarqalgan boʻlib, juda samarali uslub hisoblanadi.

Vaktsinaning asoratlari qanday boʻladi?

Vaktsina sinovlarining birinchi bosqichi yakuniga asoslangan Lancet jurnalida chop etilgan maqolada, Gamaleya markazi olimlari ukol qilingan joy ogʻrishi, tana harorati oshishi, bosh ogʻrigʻi, va mushaklar qaqshashi haqida aytib berishgan. Tana harorati 37-38,4 gradus, maksimum —  38,5-38,9 gradusgacha oshishi mumkin.

Laborantы obrabatыvayut flakonы dlya novoy vaktsinы ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston
Vaktsina koronavirusni toʻxtata olmaydi - BSST

Birinchi va ikkinchi bosqich sinovlari 120 nafar 18-60 yoshli sogʻlom kishilarda oʻtkazilgan edi. Ularning barchasida salbiy taʼsir juda kam sezilgan, hech qanday jiddiy muammo kuzatilmagan. Shundan soʻng vakints roʻyxatga olingan. Ayni damda esa 40 mingdan ortiq koʻngillilarda vaktsina taʼsiri kuzatib kelinmoqda.

Gam-KOVID-Vak-2020 yoʻriqnomasida aytilishiga koʻra, 5,7 % kishilarda tana harorati oshishi, qaqshoq va bosh ogʻrigʻi, 10% - holsizlanish kuzatilishi aytib oʻtilgan. Lekin bularning barchasi 1-3 kun ichida tugaydi.

COVID-19 boʻlib oʻtgan kishilar emlanishi mumkinmi?

Koronavirusga chalinib oʻtgan kishilarga vaktsina qanday taʼsir qilishini hech kim bilmaydi. Bunday izlanishlar oʻtkazilmagan. 

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaktsinani sinovlari boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaktsina yaratildi - video

Sogʻlom fikrga quloq tutganda – bunday kishilarda tabiiy immunitet paydo boʻlishi kerak. Lekin u qancha vaqtgacha saqlanib qolishi nomaʼlum. Kam uchraydigan qayta  zararlanish holatlarini hisobga olganda - bir necha oy yoki yarim yil.  Demak ushbu davr mobaynida vaktsina olmay turish kerak. Bahorda kasal boʻlib tuzalganlarda jsa immunitet ancha susayib qolgan boʻlishi mumkin.

Profilaktika tibbiyoti markazi (NMITS) direktori Oksana Drapkina aytishiga koʻra, koronavirus boʻlib tuzalganlar vaktsina olishi shart emas. Ularning kasal boʻlib tuzalganini qondagi G klass antitanachalar darajasi balandligidan bilib olsa boʻladi. Ushbu qon analizni mustaqil ravishda topshirish mumkin.

Vaktsinatsiyadan soʻng maska taqib yurish kerakmi?

Albatta. Koronavirusga qarshi immunitet vaktsinaning ikkinchi dozasi olinganidan soʻng 3 hafta oʻtib paydo boʻladi. Ushbu davr mobaynidan odam toʻliq himoyalanmagan. Shu sababli profilaktika chorasini koʻrish kerak. Undan tashqari, butun Rossiya hududida maska taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yoʻq. Emlanganmi yoʻqmi - maska barcha uchun majburiy.

Ayrim OAVlar vaktsinatsiyadan soʻng kasal boʻlib qolganlar haqida gapirmoqda

Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada vaktsina necha pul turishi maʼlum boʻldi

Bunday holatlar boʻlishi mumkin. Bunda asl sabab nimada ekanini aniqlash kerak. Vaktsina tarkibida COVID-19 virus yoʻq. Shuning uchun vaktsina COVID-19 sabab boʻlishi mumkin emas. Vaktsina olgan kishida COVID aniqlansa, demak u emlashdan yuqtirib olgan boʻlgan, lekin simptomlari boʻlmagani uchun buni bilmagan. Agar infektsiya yaqinda tushgan boʻlsa test buni koʻrsatmasligi mumkin.

"Sputnik V" vaktsinasining samaradorligi — 91,4 %. Gamalei nomidagi markaz direktor Aleksandr Gintsburgning soʻzariga koʻra - 96%. Yaʼni vaktsina olganlarning faqat 4 % kasallikka chalinishi mumkin. Olim aytishiga koʻra ana shu toʻrt foizga tushib qolganlarda ham kasallik juda yengil kechali, virus oʻpkagacha yetib bormaydi.

Vaktsina olish oʻrniga COVID-19 ga chalinib keyin tuzalsa yaxshi emasmi?

Emlash haqidagi qarorni har bir kishi shaxsan yoki shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiladi. Agar sogʻliqda vaktsina olishga yoʻl qoʻymaydigan biror xavf boʻlmasa qaror qabul qilishda barcha tomonini oʻylab koʻrish kerak.

Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Javoblar va savollar: Rossiya vaktsinasi tanqidchilariga

Vaktsina yubilan xavf kamroq, COVID-19ga chalinib immunitet orttirish – xavfliroq. Yana bir narsa – aynan vaktsinadan soʻng kuchliroq immunitet paydo boʻlishini shifokorlar bir necha bor aytishdi.

Statistik oʻrganish modellariga koʻra, Yer shari aholisining kamida 22 foizida COVID-19ning ogʻir shakliga olib keluvchi hech boʻlmasa 1ta kasallik bor. Lekin yening yengil shakli ham organizmga kuchli zarba beradi. Ayni kasallanganlarda uzun "kovid dumi " — kasallikning noxush oqibatlari kuzatilmoqda. Ushbu oqibatlarning uzoq muddatdagi taʼsiri ham oʻrganilmagan. Ustiga ustak 2 hafta davomida mehnatga layoqatini yoʻqotishni ham hisobga olish kerak. Oila aʼzolariga kasallik yuqtirish ehtimoli, ayniqsa katta yoshdagilarga. Bularning hammasi vaktsina faydasiga ovoz berishni yoqlaydi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala