Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tez orada avtobus qatnovini yoʻlga qoʻymoqchi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiZapuщen novыy mejdunarodnыy avtobusnыy marshrut Samarkand – Turkistan
Zapuщen novыy mejdunarodnыy avtobusnыy marshrut Samarkand – Turkistan - Sputnik Oʻzbekiston
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Qirgʻiziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi, Bosh vazir birinchi oʻrinbosari Artem Novikov bilan videokonferentsiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar oʻtkazdi

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik.  Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi, Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.

Zararli mamlakatlar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Joriy yil 24 dekabr kuni Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Qirgʻiziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi, Bosh vazir birinchi oʻrinbosari Artem Novikov bilan videokonferentsiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar oʻtkazdi.

Kun tartibining asosiy mavzusi sifatida alohida yoʻnalishlar boʻyicha avval tuzilgan qoʻshma ishchi guruhlar doirasida savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 8 dekabr kuni Fargʻonada boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi chegara hududlari rahbarlari va Qirgʻiziston hukumatining chegara hududlarida vakolatli vakillari Kengashining 3-yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston vazirlik va idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Passajirы i chlenы ekipajey v zale ojidaniya aeroporta Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoda avia-qatnovlar qachon tiklanadi - Saxo Bank bashorati

Tomonlar tezkorlik bilan oʻrganishni talab etuvchi aniq masalalarni koʻrib chiqdilar va ularni zudlik bilan hal etish mexanizmlarni ishlab chiqdilar.

Ikki mamlakat va ularning chegara hududlari oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi. Ushbu sohalarda tizimli hamkorlik qilish maqsadida tomonlar sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va uning izchil amalga oshirilishini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ni muntazam yangilab borishga kelishib oldilar.

Muzokaralarda oʻzaro savdo hajmining yanada oʻsishini taʼminlash, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo qilishda statistik maʼlumotlarni hisobga olishning yagona metodologiyasini ishlab chiqish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.

V Kыrgыzstane otkrыlas bolnitsa, postroyennaya sovmestno s Uzbekistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qirgʻizistonda Oʻzbekiston barpo qilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi ochildi

Tomonlar, oʻz navbatida, qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik loyihalari hayotga tatbiq etilishini batafsil tahlil qildilar va natijalari boʻyicha har ikki mamlakat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari va ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish borasida navbatdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Muloqot chogʻida transport va logistika sohasida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning ustuvorligi taʼkidlandi. Havo tashishlarining qayta tiklanishi ijobiy baholanib, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, transport sohasidagi qator loyihalar boʻyicha hamkorlikni faollashtirish, jumladan, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻl yoʻlagini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Muloqot davomida tomonlar chegara hududlar maʼmuriyatlarini hamkorlik qilishga faol jalb etish, xususan mintaqalararo investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun alohida “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish muhimligini taʼkidladilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala