Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Analitika

"Soros fondi" sobiq ittifoq hududida qanday taʼsir usullarini qoʻllaydi?

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishDjordj Soros
Djordj Soros - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻarb tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlar sobiq ittifoqi maydonida ikki - yumshoq va qattiq taʼsir chiziqlaridan foydalanadilar, deb hisoblaydi Moldova parlamenti aʼzosi Bogdan Tsыrdya.

Sobiq ittifoq davlatlarining deyarli hammasida gʻarb nohukumat tashkilotlari taʼsirini kuzatish mumkin, deya ishonch bilan taʼkidlaydi Moldova Sotsialistlar partiyasidan parlament deputati boʻlgan Bogdan Tsыrdya. U Sputnik XAAga ushbu tuzilmalar qanday ishlashi va nimaga erishishlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

Isbot faktlar bilan boʻlishi lozim

Soros va Konrad Adenauer fondlari Moldovadagi qator NNTlar tomonidan moliyalashtiriladi, deydi ishonch bilan Bogdan Tsыrdya. Bu nohukumat tashkilotlari harakatlarni oʻzaro muvofiqlashtiradilar va oʻz sponsorlari manfaatlari, shu jumladan, siyosiy manfaatlar yoʻlida harakatlanadilar. Siyosatchi bu fikrlarni oʻzining "Moldova fuqarolik jamiyati: Sponsorlar. NNT-kratiya. Madaniy urushlar" nomli kitobida berilgan 1,5 mingta havolalar bilan dalillaydi.

Aktsiya natsionalistov v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Bepul" pishloq. Sorosning pullari Ukrainada nimaga sarflandi?

"U moldavan tilida dunyo yuzini koʻrgach (rus tilida 2021 yilning bahorida chop etilishi rejalashtirilgan - tahr.) munosabat ham oʻzini koʻp kuttirmadi. Shu zahoti Moldovadagi Yevropa Ittifoqi missiyasi rahbari Peter Mixalko, soʻngra – Gollandiya elchisi va Soros fondi tomonidan munosabatlar bildirildi", - deya hikoya qiladi u.

Bogdan Tsыrdya kitobi - 759 betdan iborat. U joriy yilning 21 oktyabrida nashrdan chiqqan - shu kechaning oʻzida Soros fondi kitobga "Moldova fuqarolik jamiyatiga uyushtirilgan qoʻpol hujum", deya baho bergandi.

"Kutilgani kabi, "Oʻqimaganman, lekin qoralayman" sirasidan boʻldi. Kaminaning mehnatini "demokratiya ustunlari, huquq ustuvorligi va umuman yevropa qadriyatlariga tahdid", deya qoralashdi. Ammo madomiki fond soʻz erkinligi tarafdori ekan, nega dastavval kitobni muhokama qilishmadi? Agar siz buni yolgʻon va soxtalashtirish, deydigan boʻlsangiz, marhamat, unda 1519 havolalar va 600ta manba keltirilgan, men bahsga tayyorman", - deydi Bogdan Tsыrdya.

Ammo, deputatning soʻzlariga koʻra, opponentlar bunga javoban sukut saqlashni lozim topgan.

Multimilliarder Djordj Soros - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Amerikaliklar Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni soʻrashmoqda

"Avval boshda NNTlar biz raqamlar bilan manipulyatsiya qilayotganimizni iddao qilishgandi. Shunda matbuot-anjumanida ularning moliyaviy hisobotlari skrinshotlarini koʻrsatdim. Shubhasizki, bu faktlarni ular hech qanaqasiga rad etisholmadi, faqatgina kitobim kimgadir tahdid ekanligi borasida aytilgan tushunarsiz gaplarni hisobga olmaganda", - deydi muallif.

Faoliyat maydoni

Sobiq ittifoq makonida: nohukumat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati oʻrtasida teng belgisini qoʻyish lozimligi haqidagi fikr oʻta faollik bilan ilgari surilmoqda. Ammo, bu undaymas, deya tushuntiradi Bogdan Tsыrdya. Chetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar mahalliy real muammolarni kamdan-kam koʻtaradilar - kun tartibida asosan sponsorlar manfaati turadi.

"Misol tariqasida Moldovani olaylik. NNTlar tomonidan bu yerda qanday muammolar koʻtariladi? Radikal feminizm, yuvenal yustitsiya, demokratlashtirish – chunki, ular buni tushunadi. Bularni bizdagi muammolar bilan qanday umumiyligi bor? Bizdagi muammolar - bu qashshoqlik (Yevropaning eng qashshoq mamlakatimiz), korruptsiya, bunda biz Ukraina bilan raqobatlashyapmiz va ishsizlik-ku. Fuqarolarimizning uchdan bir qismi chel elda", - deydi muallif.

Vыneseniye prigovora deputatam fraktsii Ata-Jurt v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Prezidentni shunchaki xaydab chiqarishdi". "Rangli inqiloblar" qanday yakunlangan

Gʻarb fondlari faoliyati soʻzlardagina ezgu maqsadlarni koʻzlaydi – ular korruptsiyaga qarshi kurash va demokratiyani qaror topishi haqida gapiradilar, deydi siyosatchi. Ammo haqiqatda esa hammasi kuzatuvlar hamda aytaylik, soʻz erkinligi va demokratiya indeksi singari roʻyxatlarni tuzish bilan cheklanadi.

"Ammo ular haqiqatda vaziyatni zarracha oʻzgartirmaydi, - deydi Bogdan Tsыrdya. – Moldova NNTlari byudjetiga bir nazar soling – millionlab dollarlarga koʻzingiz tushadi. Taʼlimga ajratilgan byudjet esa ancha kam, garchi jamiyatni rivojlantirish uchun aynan shu soha eng muhimlaridan biri sanalsa-da. Yoki deylik, Yevropa tuzilmalari Moldovaga pul berishayotgani haqida gapirishni xush koʻradilar. Ammo pullar qani? Yustitsiya islohotiga yoʻnaltirilgan 100 million yevrodan faqat 10 millionigina bevosita sudlar uchun jihozlarga sarflangan. Asosiy qismi - goʻyoki yustitsiyani isloh qilayotgan idoralarga, kofe-breyklarga ketgan. Bundan kelib chiqadiki, fond pullarni oʻziga oʻzi berarkan-da".

Protestnыe aktsii v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rangli inqiloblar uchun kadrlar qanday tayyorlanadi

Gʻarb tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlari sobiq ittifoqi maydonida ikki xil - yumshoq va qattiq taʼsir liniyalardan foydalanadi, deydi Bogdan Tsыrdya.

"Misol tariqasida: Soros fondi bir vaqtning oʻzida hamma yoqda paydo boʻldi va avvaliga tarix boʻyicha kitoblarni moliyalashtirdi. Ularda nima haqda yozilgan? Kitoblarda davlatlarning qanchayin qoloqligi va endilikda ularga qanday yordam berilishi haqida singdirilgan. Soʻngra fond grant loyihalarini tashkil qildi. Nima uchun? Maqsad yosh onglarni jalb qilish edi. Ularni seminar va tadqiqotlar uchun jalb qilishgan va odamlar, oʻzlari buni tushunmagan holda, oʻz davlatlari haqida razvedkaga oid maʼlumotlarni taqdim etgan. Bularni hech kim nazorat qilmagan, sababi 1990-yillarda hammayoqda tartibsizlik hukm surgan", - deb hisoblaydi siyosatchi.

Harakatlarning birinchi varianti - yumshoq harakatlar, tushuntiradi Tsыrdya. "Avvaliga mamlakatda fond tashkil etiladi, fond NNT va notijorat tashkilotlarga asos soladi, shunday keyin u boshqa tuzilmalarni moliyalashtirishni boshlaydi, shu tariqa, mamlakat emas, balki sponsorlar manfaatida harakat qiladigan tarmoq vujudga keladi. Keyinchalik fond tarmoq tamoyili asosida oʻz odamlarini hukumat tuzilmalariga koʻtara boshlaydi".

Putin: priblijeniye NATO k granitsam Rossii ugrojayet bezopasnosti stranы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin sobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashish kerakmasligi haqida ogohlantirdi

Bogdan Tsыrdya Armanistonni misol tariqasida keltirib oʻtadi. Bu yerda Nikol Pashinyan vaqtida Soros tuzilmalaridan chiqqanlar oliy martabali amaldorlarga aylangan edi.

Moldovalik siyosatchi turli fondlarning qattiq taʼsiri sifatida Belarusdagi tartibsizliklarni misol keltiradi. "Gʻarb ochiqchasiga belarus muxolifatini qoʻllab-quvvatlamoqda (11 dekabr kuni Yevrokomissiya respublikada fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 24 million yevro ajratilishini maʼqulladi, - tahr.). Fikrimcha, Belarusda hech kim mahalliy fondlar faoliyatini chuqur tahlil qilmagan, zero, inqilob shunchaki yuzaga kelmaydi. Buning uchun sharoit boʻlishi kerak", - deya taʼkidlaydi Bogdan Tsыrdya.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala